Sharahmetov Shohrux

Sharahmetov Shohrux

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazida boshlagan. 2003-2006-yillarda Iqtisodiyot vazirligida, 2006-2017-yillarda esa Moliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2017-2018-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida bosh maslahatchi lavozimiga o‘tdi.

2019-2020-yillarda moliya vazirining Davlat byudjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2021-yillarda esa sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. 2021-yil mart oyida u Monopoliyaga qarshi qo‘mita raisi etib tayinlangan, 2022-yil dekabr oyida esa Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga aylantirilgan.

Sh.Sharahmetov 2023-yil noyabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bu lavozimda u biznes va davlat boshqaruvi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda, shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorligi va iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Roʻyxatga qaytish